Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Trampning qo‘ng‘irog‘iga tayyor

Putin Trampning qo‘ng‘irog‘iga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan gaplashishga tayyor. Bu haqda Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Putin tayyor, biz qo‘ng‘iroqni kutmoqdamiz. Bu yuz bersa, sizga xabar beramiz», - deya uning so‘zlarini keltirdi TASS.

Rossiya va AQSh rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi haqida ham Peskov qisqa gapirgan: «Qo‘shimcha izohimiz yo‘q».

Avvalroq OAV Oq uyda matbuot bilan gaplashar ekan, avvalroq Rossiya prezidenti bilan uchrashuvga tayyorgarlik haqida bir necha bor gapirgan Tramp “zudlik bilan” uchrashish istagini bildirganini xabar qilgan edi.

Avvalroq Putin AQShning yangi ma’muriyati bilan Ukraina mojarosi bo‘yicha muloqotga ochiq ekanini ma’lum qilgan edi. Tramp ham Putin bilan uchrashish istagi borligini bildirgandi.

Peskov shuningdek, Moskva Vashington bilan yadroviy qurolsizlanish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini, biroq bunda AQShning ittifoqchilari – Buyuk Britaniya va Fransiyaning yadroviy salohiyatini ham hisobga olish zarurligini aytdi.

«Butun dunyo manfaatlari, mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda, albatta, biz bu muzokara jarayonini imkon qadar tezroq boshlashdan manfaatdormiz», — deya ta’kidladi Kreml vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring