Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin: «Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar ishlab chiqarishni boshlashi kerak»

Putin: «Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar ishlab chiqarishni boshlashi kerak»

Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Rossiya prezidenti AQSh butun dunyo bo‘ylab o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketa tizimlarini joylashtirganini aytdi.

«Biz bilamizki, Qo‘shma Shtatlar nafaqat bu raketa tizimlarini ishlab chiqaradi, balki ularni Yevropa va Daniyaga mashg‘ulotlar uchun olib keldi. Ular yaqinda Filippinga ham olib borishdi», deydi Vladimir Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya javob choralarini ko‘radi: «Aftidan, biz bu zarba tizimlarini ishlab chiqarishni boshlashimiz kerak, keyin esa vaziyatdan kelib chiqib, agar kerak bo‘lsa, xavfsizligimizni ta’minlash uchun ularni qayerga joylashtirishni hal qilishimiz lozim», deydi Putin.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda AQSh sobiq ittifoq bilan 1987 yilda imzolagan, 500 dan 5500 kilometrgacha uchishga qodir bo‘lgan yadro raketalari to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring