Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin koronavirusga qarshi emlandi. U qanday vaksina olgani ma’lum emas

Putin koronavirusga qarshi emlandi. U qanday vaksina olgani ma’lum emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASSga aytib o‘tishicha, kuni kecha emlash qabul qilgan davlat rahbari bugun to‘liq ish kunini boshlagan.

«Putin koronavirusga qarshi emlandi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda, - dedi Kreml vakili.

Kreml davlat rahbari Rossiyaning uchta vaksinasidan qaysi birini tanlaganiga aniqlik kiritmagan. Qolaversa shu kungacha emlash qabul qilgan boshqa davlat prezidentlari va amaldorlari qachon va qaysi vaksinani qabul qilganlari haqida izohlab, videolavhalar orqali bu jarayonni ko‘rsatib bergan edi.

Peskov avvalroq Kreml ataylab prezident qaysi vaksina bilan emlanishini ko‘rsatmaydi va «Rossiyaning ishlab chiqarayotgan barcha uchta vaksinalari mutlaqo ishonchli va samarali» ekanligini ta’kidlaygan edi. Kreml Rossiya rahbarining emlash qabul qilishi boshqa mamlakatlardagi ba’zi siyosatchilar singari ommaviy tadbir emas edi deya ta’kidlab, jurnalistlarga buning sabablarini vakili quyidagicha izohlagan: «Kameralar ostida emlash masalasiga kelsak, Putin buni yoqtirmaydi».

2020-yil 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan katta matbuot anjumanida Rossiya prezidenti, albatta, iloji boricha koronavirusga qarshi vaksina qabul qilishi haqida hammaga ma’lum qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring