Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin karantinga kirishi mumkinligini ma’lum qildi

Putin karantinga kirishi mumkinligini ma’lum qildi

Foto: «Kapital-rus.ru»

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin atrofidagi ko‘pgina odamlar COVID-19 bilan kasallanganligini ta’kidladi va tez orada uning o‘zi karantinga o‘tishi kerakligini ma’lum qildi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, davlat rahbari karantin haqida «majoziy ma’noda» aytgan.

«Afsuski, hozir bizda ham... Shifokorlar o‘rganishyapti ... hatto atrofimda ham kovid bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lmoqda. Nima bo‘layotganini aniqlab olishimiz zarur. O‘ylaymanki, yaqinda o‘zimni karantinga olishim kerak. Atrofda ko‘pgina odamlar kasalllikka chalingan», — degan Putin Kremlda paralimpiyachilar bilan suhbatda.

Peskov agentlikka Vladimir Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli karantin qilish haqida majoziy ma’noda gapirayotganini tushuntirgan. Kreml vakili, shuningdek, TASSga bergan intervyusida davlat rahbarining jadvalida hozircha o‘zgarishlar yo‘qligini aytgan.

11-sentyabr kuni Putin Moskva hukumati koronavirus pandemiyasi davrida majburiy cheklovlar va normal rivojlanish o‘rtasida muvozanat topayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda poytaxt meri Sergey Sobyanin va jamoasining xizmati katta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Rossiyada 18 178 ta COVID-19 holati aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring