Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Pushtirang yulduz» — dunyodagi eng qimmat brilliant sotildi

«Pushtirang yulduz» — dunyodagi eng qimmat brilliant sotildi

Foto: TheMilliardaire

Sotheby’s auksionida rekord narxda sotilgan Pink Star («Pushtirang yulduz») olmosi dunyodagi eng qimmat brilliantga aylandi.

Gonkongda o‘tkazilgan savdolarda pushtirang olmos 553 037 500 gonkong dollari ($71,2 mln atrofida)ga baholandi.  Pink Star eng qimmat brilliant va eng qimmat zargarlik buyumiga aylandi, o‘tgan yil mayida Christie’s auksionida 57,6 mln dollarga sotilgan «Ko‘kish Oppengeymer» moviy olmosi rekordini yangiladi.

Pink Star («Pushtirang yulduz») olmosi 59,6 karat og‘irlikda bo‘lib, dunyodagi eng benuqson, tabiiy rangli va oval shakldagi pushtirang brilliantlar orasida eng yirigi sanaladi.

Gonkongdagi kimoshdining yana bir qiziqarli jihati, Pink Star oldin ham auksionga qo‘yilgan va 2010-yilning noyabrida rekord darajada 83,19 mln dollarga baholangan edi. Biroq keyin ma’lum bo‘lishicha, uni sotib olgan amerikalik zargar Isaak Vulfda ushbu lotga yetarli pul bo‘lmagan. Shundan so‘ng Sotheby’s qimmatbaho toshni qaytarib olgandi.

«Pushtirang yulduz» brillianti De Beers kompaniyasi 1999-yili Afrikada topgan 132,5 karatli olmosdan tarashlab olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring