Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentdan ham ko‘p maosh oluvchi davlat xizmatchisi — AQSh

Prezidentdan ham ko‘p maosh oluvchi davlat xizmatchisi — AQSh

Entoni Fauchi.

Foto: «Reuters»

Doktor Entoni Fauchi 2019-yil davomida 417 608 dollar maosh oldi (2019-yil — federal maoshlar haqidagi batafsil ma’lumot mavjud yillarning so‘nggisi).

Shu tariqa Fauchi nafaqat AQSh bo‘yicha davlatdan eng yuqori maosh oluvchi shifokor, balki jami 4 million nafar federal xizmatchilar orasida daromadi eng yuqorisiga aylandi.

Fauchining maoshi hatto yiliga 400 ming dollar budjetdan ish haqi to‘lanadigan AQSh prezidentinikidan ham yuqori.

O‘n yil davomida (2010—2019-yillar) Fauchiga davlat budjetidan 3,6 million dollar ish haqi to‘langan. 2014-yilda uning maoshi yillik $335 mingdan $417,6 mingga oshirilgan.

Entoni Fauchi — Sog‘liqni saqlash milliy instituti qoshidagi Allergik va infeksion kasalliklar milliy instituti (NIAID) direktori, AQSh prezidentining bosh tibbiyot maslahatchisi. Agar lavozimini saqlab qolsa, 2019—2024-yillar davomida davlatdan 2,5 million dollar oladi.

Pandemiya boshlanganidan so‘ng Fauchi Oq uyning har kuni mamlakatni COVID-19 bo‘yicha vaziyatdan boxabar qilib turgan Maqsadli guruhi yetakchilaridan biriga aylandi. 2020—yilning mart oyida u kasallik tarqalishining oldini olish uchun Donald Trampni 15 kunlik lokdaun joriy etishga ko‘ndirgan, may oyi oxirida esa karantinni yanada uzaytirish taklifini ilgari surgandi.

Maqsadli guruh rahbari, vitse-prezident (sobiq) Mayk Pens Fauchidan nomdorroq bo‘lgani bilan, maoshi unikidan salkam ikki baravar oz — 235 100 dollar, uning shaxsiy uyi yo‘qligini yozgandik.

Yuqoridagi hisobot «OpenTheBooks.com» tadqiqotlari doirasida tuzilgan bo‘lib, ish haqlari faqat soliq to‘lovchilarning pullaridan shakllantiriladigan federal xizmatchilar hisobga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring