Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pragada bog‘-rog‘larda chekish taqiqlanadi: lekin buning sog‘likka aloqasi yo‘q

Pragada bog‘-rog‘larda chekish taqiqlanadi: lekin buning sog‘likka aloqasi yo‘q

Foto: «Zen.yandex.ru»

Pragada endi parklarda, bog‘larda, shuningdek, o‘rmon va shahar xiyobonlarida chekish taqiqlanadi, deya xabar berdi «YevroPuls».

Hukumat aholi salomatligini saqlash emas, balki yong‘in kelib chiqish xavfining oldini olish uchun shunday qarorni qabul qildi.

Sigaretadan tashqari feyerverklarning hamma turlari va ochiq olovdan yong‘in xavfi bo‘lgan barcha buyumlar man etiladi. Elektron sigaretalar va veyplarni parklarda oldingidek chekishga ruxsat berilgan.

Hozir Chexiya poytaxtida kashandalar uchun juda ko‘p taqiqlar mavjud. Matbuot tarqatuvchi do‘konlar, avtobus bekatlari, maktablar, bolalar maydonchalari va odamlar to‘planishni yoqtiradigan gavjum joylarda tutatish mumkin emas.

Yevropaning ayrim davlatlarida, masalan, Fransiyada parklarda chekish taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring