Pentagon «qiyomat kuni» samolyotini qurishga 3,5 mlrd dollar ajratdi
AQSh mudofaa vazirligi E-130J samolyotini loyihalash va qurish uchun Northrop Grumman mudofaa-qurilish korporatsiyasi bilan qariyb 3,5 milliard dollar qiymatidagi shartnoma imzoladi.
E-130J samolyoti mamlakat yadroviy boshqaruv uchligi — AQSh prezidenti, Pentagon rahbari (mudofaa vaziri) va Markaziy qo‘mondonlikni o‘zaro bog‘lovchi Boeing E-6B Mercury havo kemasi o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Pentagon bayonotiga ko‘ra, samolyot TACAMO jangovar aloqa tizimini zamonaviylashtirish dasturi doirasida yaratilmoqda. Yangi havo kemasi qurilishini 2034-yil dekabrida nihoyasiga yetkazish mo‘ljallangan.
Mavzuga doir: «Qiyomat kuni» samolyotini yaratishga $13 mlrd sarflanadi
AQShning «qiyomat kuni» samolyoti deya ta’riflanuvchi Boeing E-6 Mercury havo kemasi noyabr oyining boshida Ispaniyadagi Rota aviabazasiga kelib qo‘ngandi.
Ushbu samolyot AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ballistik raketalarga ega atom suvosti kemalarini zaxira aloqa tizimi bilan ta’minlash hamda Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari birlashgan strategik qo‘mondonligi uchun havo qo‘mondonlik punkti vazifasini bajaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter