Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Ukrainaga energiya tizimini qayta tiklashda yordam berayotgani aytildi

O‘zbekiston Ukrainaga energiya tizimini qayta tiklashda yordam berayotgani aytildi

O‘zbekiston Ukrainaga Rossiya bombardimonidan so‘ng mamlakat energetika tizimini tiklashda yordam bermoqda. Bu haqda AQShning Nebraska shtatidagi respublikachi kongressmen Don Bekon O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov bilan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.

«Do‘stim Elchi Vahobovni ko‘rganimdan xursandman. O‘zbekiston AQSh bilan qishloq xo‘jaligi savdosini kengaytirmoqchi. Shuningdek, ular Ukraina energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan Rossiya bombardimonidan so‘ng Ukrainaga energiya ishlab chiqarishni qayta tiklashda yordam berayotganidan ham minnatdorman», – deb yozadi kongressmen o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Ammo, kongressmen Vahobov bilan suhbatning O‘zbekiston tomoni Ukrainaga aynan qaysi ko‘rinishda ko‘maklashayotgani haqidagi qismiga oydinlik kiritmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari o‘tgan yil oxiridan boshlab Ukrainadagi energetika va aloqa ob’yektlariga zarba bera boshladi. O‘sha paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni «Qrim ko‘prigining buzilishiga javob» deb atagan edi. 

Ukraina OAV payshanba kuni Polshada Yevropa Ittifoqining yangi energiya xabi – rescEU ochilgan bo‘lib, u Ukrainaga favqulodda energiya yordami uchun logistika markazi bo‘lib xizmat qilishi haqida yozgan edi. Shuningdek, xab xalqaro hamkorlar va xususiy sektorga Ukrainaga yordamni yo‘naltirish imkonini beradi, Yevropa Ittifoqi esa uning transport-logistikasini to‘liq moliyalashtiradi. YeI xabni generatorlar bilan to‘ldirish uchun Polshaga 114 million yevro ajratgan.

Avvalroq Turkiya kompaniyasi ham Ukrainadagi energiya taqchilligiga qarshi suzuvchi elektr stansiyalarini jo‘natishini ma’lum qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring