Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy rada mamlakatda rus tilini muloqot tili sifatida butunlay taqiqlayapti

Oliy rada mamlakatda rus tilini muloqot tili sifatida butunlay taqiqlayapti

Ukrainadagi ta’lim jarayoni ukrain tilida bo‘lishi kerak, chet tili darslari yoki milliy ozchiliklar bundan mustasno.

RBK-Ukraina nashrining deputat Natalya Pipaga tayanib xabar berishicha, maktablardagi tanaffus ham ta’lim jarayonining bir qismi hisoblanadi va ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi aynan ta’lim jarayonining tanaffus qismiga ham tegishli.

Deputat, o‘zidagi ma’lumotlarga asoslanib, hukumat 2021-yildan boshlab barcha maktablarga ukrain tilida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini yuklagan, biroq muammo shundaki, darsdan tashqari vaqtlarda bolalar, ba’zan o‘qituvchilar ham rus tilida muloqot qilmoqda.

Natalya Pipa Ukraina ta’lim sifati bo‘yicha davlat xizmati va Davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissarning 2023-2024 yillardagi monitoringi natijalarini keltirib, jumladan, darslar va tanaffuslarda ukrainalik o‘quvchi-talabalarning atigi 41 foizi bir-biri bilan faqat ukrain tilida muloqot qilishini aytadi.

«Buni o‘zgartirish uchun men tanaffus paytida, maktab hovlisida, stadionda va butun maktab maydonlarida ukrain tilida gapirishga majburlovchi qonun loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazyapman», – degan u.

Deputat, shuningdek, bu o‘zgarishlar va ukrain tilini nafaqat darslarda, balki tanaffuslarda ham joriy etish zarurligining bir qancha sabablarini keltirgan.

«Albatta, ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar rus tilida gaplashishadi, men bunday ota-onalarni o‘z farzandlari bilan ukrain tilida gaplashishga, namuna ko‘rsatishga undayman, chunki bu kelajakda maktabda o‘qishni osonlashtiradi», – deya maslahat beradi deputat.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endi bola ukrain tilida muloqot qiladigan muhitlar sonini ko‘paytirish muhim. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain tilidan foydalanish darsning atigi 45 daqiqasi bilan cheklanmasligi kerak.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi Ukrainaning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga «Ukraina tili muhiti» tushunchasi kiritiladi va ta’lim muassasalari muassislari, rahbarlari va xodimlariga ukrain tilidagi muhitni yaratish va saqlash majburiyatini yuklaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring