Nikaragua prezidenti qidiruvga berildi
Argentina sudi Nikaragua prezidenti Daniel Ortega va vitse-prezident Rosario Murilloni inson huquqlarini buzganlikda ayblanib qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritdi.
Bu haqda Nikaragua rasmiylariga qarshi tergov o‘tkazishni so‘ragan advokat Dario Rixarte ma’lum qildi.
"Ikki yarim yillik tergovdan so‘ng, sudya hozirgina Daniyel Ortega va Rosario Murilloni, shuningdek, o‘nga yaqin boshqa shaxslarni so‘roqqa chaqirish va xalqaro hibsga olish uchun order berishni buyurdi", - deb yozdi Rixarte X tarmog‘i sahifasida.
Argentina sudiga ko‘ra, inson huquqlarini buzganlikda ayblash har qanday milliy yurisdiksiyadan tashqarida, shuning uchun boshqa davlat rahbarini so‘roqqa chaqirish va uni hibsga olish uchun order berish qonuniy harakat bo‘lib tuyuladi.
Sentyabr oyida Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan xuddi shunday qaror qabul qilgan edi. Venesuela hukumati buni xalqaro tashkilotlar vakolatini almashtirishga urinish sifatida baholadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter