Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niger fransuzlarga uran qazishni taqiqladi

Niger fransuzlarga uran qazishni taqiqladi

Foto: BBC

Niger hukumati o‘z hududidagi Imuraren konidan uran qazib olish uchun Fransiyaning Orano kompaniyasiga berilgan litsenziyani qaytarib oldi.

Bunga javoban kompaniya uning ketishi mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishini aytdi.

Litsenziya qaytarib olinishiga kompaniya hanuz konni o‘zlashtirishga kirishmagani sabab bo‘lgan.

Orano Nigerda 1971-yildan buyon faoliyat yuritadi. Imuraren konini 2015-yildan o‘zlashtirish rejalashtirilgan, ammo uran narxining pastlab ketishi sababli to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng Niger hukumati kompaniyani, 2024-yil 19-iyuniga qadar ishga kirishmasa, litsenziyasi olib qo‘yilishi haqida ogohlantirgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nigerda Afrikadagi eng yuqori sifatli uran konlari joylashgan. Mamlakat uran qazib olishda jahonda 7-o‘rinda turadi. So‘nggi yillarda Nigerda uran qazib olish uchun 8 mamlakat kompaniyalariga litsenziyalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring