Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nepallik 18 yoshli alpinist 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqini zabt etdi

Nepallik 18 yoshli alpinist 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqini zabt etdi

Foto: Delfi

Nepallik 18 yoshli Nima Rinji Sherpa balandligi 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqining barchasini zabt etgan eng yosh alpinistga aylandi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Yosh alpinist Tibetdagi Shisha Pangma tog‘ini zabt etish bilan dunyoning eng baland cho‘qqilariga chiqish missiyasini yakunladi.

14 ta «sakkiz minglik»ni zabt etish — alpinizmning eng yuqori cho‘qqisidir. Alpinistlar yuksak marraga yetish uchun uzoq vaqt davomida kislorod yetishmaydigan «o‘lim zonalari»ni bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: CBS News

16 yoshidan tog‘larni zabt etishni boshlagan Nima Rinji Sherpa — rekordchi alpinistlar oilasi vakili, hozir ular Nepalda alpinistlar uchun ekspeditsiyalar tashkil etuvchi eng yirik kompaniyani boshqarishmoqda.

U o‘tgan yili bir necha kun ichida Lxotsze tog‘i hamda jahondagi eng baland Everest cho‘qqisiga ko‘tarilgandi. Shu yil iyunida esa dunyoning 3-cho‘qqisi Kanchendjanguni o‘z ro‘yxatiga 13-raqam ostida yozib qo‘ygandi.

Yoshlar o‘rtasidagi oldingi rekord ham nepallika tegishli — Mingma Gyaba «Devid» Sherpa 2019-yilda 30 yoshida 8 ming metrdan baland 14-cho‘qqini ishg‘ol qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring