Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neft davri» tugayapti — navbat gazga

«Neft davri» tugayapti — navbat gazga

Foto: «Gazeta.ru»

Fransiyaning «Total» neft-gaz kompaniyasi 2030-yildan neft davri tugashini bashorat qildi. Bu haqda «Bloomberg» yozmoqda.

«Total» tahlilchilariga ko‘ra, dunyo sekin-asta neftdan voz kechib, ekologik tozaroq energiya manbalari, xususan, tabiiy gazdan foydalanishga o‘tmoqda. Kompaniya yaqin kelajakda aynan shu yonilg‘i turi jahon bozorida asosiy rolni o‘ynashiga ishonmoqda.

2050-yildan elektr energiyasiga talab keskin oshib ketadi. Tabiiy gaz bu talabning 40 foizini qoplashi mumkin. Hozirda gazning energetikadagi ulushi 20 foiz atrofida.

«Total» o‘z sarmoyasini quyosh va shamol energetikasiga tikishni, shuningdek, akkumulyatorlar ishlab chiqarish va elektromobillarni quvvatlash stansiyalari qurishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring