Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muzliklar diyorida birinchi kinoteatr ochildi

Muzliklar diyorida birinchi kinoteatr ochildi

Foto: «facebook.com/Cancillería Argentina»

Antarktidada Argentina bazalaridan birining hududida birinchi kinoteatr ochildi.

Xalqaro Ushuaia SHH tog‘ kinofestivali doirasida xodimlarga Antarktida to‘g‘risidagi film namoyish etildi.

Antarktidadagi yagona kinoteatr Karlini bazasida yana o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda 23-avgust kuni Argentina madaniyat vazirligi «Facebook»da xabar berdi.

Baza hududida kinoteatr bo‘lgan, faqat 2018-yili u demontaj qilingan, deb yozadi «RIA Novosti».

Shuningdek, kinoteatr ochilishi haqida «Twitter»da argentinalik siyosatchi Daniel Filmus ham yozib qoldirgan.

Hozir u nafaqat Antarktida, balki Argentinada ishlayotgan yagona kinoteatr hisoblanadi. Negaki mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘ngilochar muassasalar faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring