Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsda qurilishi kutilayotgan ilk shahar loyihasi taqdim etildi (foto)

Marsda qurilishi kutilayotgan ilk shahar loyihasi taqdim etildi (foto)

Foto:«Abibo»

Turli mamlakatlar mutaxassislarini o‘z ichiga olgan Abibo arxitektura studiyasi Marsda qurilishi mumkin bo‘lgan shahar uchun loyiha ishlab chiqdi. Arxitektura qurilish tasvirlari Abiboning Instagramdagi sahifasida joylashtirilgan.

Shahar qadimgi Xitoy ma’budasi sharafiga Nyuva deb nomlangan. Arxitektorlar va dizaynerlar Marsni uzoq vaqt davomida o‘rganib kelgan mutaxassislarning ma’lumotlaridan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqdilar. Studiya asoschisi Alfredo Munosning aytishicha, Nyuva tog‘ yonbag‘rida joylashgan bo‘ladi va aholini nurlanish va kam uchraydigan atmosfera ta’siridan himoya qilish uchun barcha inshootlar gumbaz shaklida yopilgan bo‘ladi. Kislorodni kelajakda sayyorada o‘tqazilishi rejalashtirilgan daraxtlar, energiyani esa quyosh batareyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Foto:«Abibo»
Foto:«Abibo»

Shuningdek, Nyuvada 250 ming kishi yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shahar butunlay Marsda topilgan materiallardan qurilishi rejalashtirilgan. Shahar qurilishi 2054-yilda boshlanishi kutilmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2100-yilgacha Marsga birinchi ko‘chib kelganlar yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask Marsga birinchi odam 2026-yilga qadar qo‘ndirishini kutayotgani haqida aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring