Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Los-Anjelesda aktyor otib o‘ldirildi

Los-Anjelesda aktyor otib o‘ldirildi

Amerikalik aktyor Jonni Vektor Los-Anjelesda otib o‘ldirildi, u mashinasini tunamoqchi bo‘lgan o‘g‘rilar qurboniga aylandi.

«Jonni ta’sirchan odam edi. U shunchaki iste’dodli aktyor emas, balki uni tanigan har bir kishi uchun haqiqiy namuna edi», deb yozadi uning agenti Devid Shoul.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar aktyorning mashinasini tunashayotganida Vektor  hodisa ustidan chiqib qolgan. O‘g‘rilar aktyorga o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketishgan. Politsiya jinoyatchilarni qidirmoqda, hozircha ularning shaxsi aniqlanmagan.

Aktyor 37 yoshda edi va u qator teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan. Vektor o‘zini ssenariynavis va prodyuser sifatida ham ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring