Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konor Makgregor avtohalokatga uchradi (foto)

Konor Makgregor avtohalokatga uchradi (foto)

Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor avtohalokatga uchradi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Hozirgina meni mashina orqamdan urib yubordi. Haydovchi meni quyoshda ko‘ra olmadi. To‘liq tezlikda menga to‘g‘ri keldi», — deb yozgan Makgregor o‘z sahifasida.

34 yoshli irlandiyalik sportchi o‘zini avtomobilda urib yuborgan odamga qarshi ayblov qo‘ymoqchi emasligini aytdi.

Voqeadan so‘ng Makgregor mashina haydovchisidan shikastlangan velosipedini yukxonaga qo‘yib, uyiga elitib qo‘yishni so‘ragan.

Sportchi jiddiy jarohat olmagan. Lekin velosiped yaroqsiz ahvolga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring