Kamala Xarris murojaat bilan chiqishi kutilmoqda
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris so‘nggi saylovdagi mag‘lubiyatini tan olgan holda murojaat qilishi kutilyapti. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Nashrning yozishicha, Xarris nutq so‘zlab, prezidentlik poygasida Donald Trampdan mag‘lubiyatga uchraganini rasman tan oladi. Bu haqda Reuters agentligiga ikki manba ma’lum qildi.
Bu uning Tramp g‘olib deb e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqishi bo‘ladi. Murojaat Toshkent vaqti bilan 4:00 ga belgilangan.
Ilgari Kamala Xarris mag‘lubiyati haqidagi xabardan keyin Govard universitetida nutq so‘zlashdan bosh tortgan edi. AQSh prezidentligiga nomzod ushbu ta’lim dargohida tahsil olgan.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki natijalarga ko‘ra, Tramp 286 ovoz to‘pladi. Xarrisda esa 224 ta ovoz bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter