Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jin Hekmen va rafiqasi o‘lik holda topildi

Jin Hekmen va rafiqasi o‘lik holda topildi

Foto: WireImage

Taniqli aktyor Jin Hekmen va uning rafiqasi Betsi Arakava Santa-Fedagi o‘zlariga qarashli uyda o‘lik holda topildi. Bu haqda Varierty xabar berdi.

Hekmen — 95, Arakava — 63 yoshda edi. Politsiya o‘lim sabablarini ochiqlamadi, jinoyat sodir etilganidan dalolat beruvchi dalillar yo‘q. Uyda aktyor va xotinidan tashqari, ularning iti ham o‘lik holda topilgan.

Jin Hekmen — ikki karra «Oskar» mukofoti sohibi: «Fransuz aloqachisi» (1972) filmidagi bosh roli va «Kechirilmas» (1993) filmidagi ikinchi plandagi roli uchun.

Betsi Arakava esa pianinochi bo‘lgan, u aktyorning ikkinchi xotini. Ular 1991-yilda turmush qurishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring