Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada 7 kunlik motam e’lon qilindi

Janubiy Koreyada 7 kunlik motam e’lon qilindi

Janubiy Koreya hukumati samolyot halokati munosabati bilan 4-yanvargacha 7 kunlik milliy motam e’lon qildi.

Janubiy Koreyadagi Jeju Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokati natijasida vafot etganlar soni 179 kishiga yetgani tasdiqlandi.

Samolyot bortida jami 181 kishi bor edi, shulardan faqat 2 kishi omon qolgan, hozirda ularning ahvoli yaxshi. Qolgan 179 kishining esa jasadi topilgan.

Bu Janubiy Koreya tarixidagi eng halokatli samolyot halokati bo‘ldi. Hozirgacha bunday falokat 1993-yilda Mokpoda Asiana Airlines samolyotining qulashi edi. O‘shanda 66 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring