Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Yevropa aholisi anomal issiqdan ogohlantirilyapti

Janubiy Yevropa aholisi anomal issiqdan ogohlantirilyapti

Afrikadan Janubiy Yevropaga kuchli issiqlik to‘lqini kirib keladi. Bu haqda euronews nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, Shimoliy Afrikadan esayotgan shamol olib keladigan issiq havo oqimi Janubiy Yevropani qamrab oladi. Bu, ayniqsa Italiya va Bolqon davlatlarida kuchli seziladi.

Ayni paytda Italiyaning sakkizta shahri aholisi ehtimoliy issiq haroratdan ogohlantirilmoqda.

Meteorologlarning ta’kidlashicha, bu yil rekord darajadagi issiq bo‘lish xavfi bor va Sitsiliyada 2021 yilda qayd etilgan 48,8 daraja harorat yangilanishi mumkin.

O‘tgan hafta 40 daraja issiq tufayli Gretsiya rasmiylari Akropolni ziyoratchilar uchun yopishga majbur bo‘lgan edi. Turkiyada sohillarida esa havo harorati mavsumiy me’yordan 12 daraja yuqori bo‘lgan. Shimoliy Makedoniya aholisi haddan tashqari issiqlik tufayli uylarini tark etmaslikka chaqirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring