Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada koronavirus tufayli 12 shahar karantinga olindi, A seriyaning 4 ta o‘yini qoldirildi

Italiyada koronavirus tufayli 12 shahar karantinga olindi, A seriyaning 4 ta o‘yini qoldirildi

Italiya hukumati koronavirus epidemiyasi tufayli mamlakatdagi 12 ta shaharda karantin e’lon qildi.

Ayniqsa Lombardiya va Veneto provinsiyalarida vaziyat ancha jiddiy ekani aytilmoqda. Provinsiya aholisiga shahardan chiqish taqiqlangan va uydan chiqmay o‘tirish tavsiya qilinmoqda. Ushbu provinsiyalarga mamlakatning boshqa qismidan kirish ham taqiqlandi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda Italiyada koronavirusdan kasallanganlar soni 100 dan oshib ketdi. Bu esa Xitoydan tashqarida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kasallangan shaxslarning 89 nafari aynan Lombardiya va Venetoda ekani xabar qilingan. Kasallik tufayli ikki kishi vafot etgan bo‘lsa, bir nafari to‘liq tuzalib ketgan.

Ushbu provinsiyalarda ommaviy tadbirlar, xususan sport musobaqalari o‘tkazilishi taqiqlandi. Shu bois Italiya futbol federatsiyasi A seriyadagi to‘rtta o‘yinni qoldirishga majbur bo‘lgan. Maxsus komissiya kelgusi qarorlarni muhokama qilmoqda.

Koronavirus tufayli Yevropa ligasi nimchorak finalida 27 fevral kuni Milanning «Inter» va Bolgariyaning «Ludogorets» klublari o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilgan o‘yin ham qoldirilishi mumkin. Uchrashuv o‘tkazilgan taqdirda ham muxlislar stadionga kiritilmasligi kutilmoqda.

Manba: lenta.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring