Isroil prezidenti Tel-Avivning Livanda portlagan peyjerlarga aloqadorligini tan olmadi
Isroil prezidenti Isxak Hersog Tel-Avivning Livanda minglab odamlar jarohatlangan peyjerlar va boshqa radioaloqalarning portlashiga aloqador bo‘lishi mumkinligini rad etdi.
«Men Isroilning bu operatsiyaga aloqadorligini to‘g‘risidagi barcha xabarlarni darhol rad etaman», – deydi u Sky News telekanaliga.
Shuningdek, muxbirning Tel-Aviv Livanda shu hafta sodir bo‘lgan portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortadimi, mazmunidagi savoliga javoban, Isroil prezidenti Hizbullohning «ko‘plab dushmanlari» borligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter