Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil armiyasi Rafahga hujum boshladi

Isroil armiyasi Rafahga hujum boshladi

Illyustrativ foto

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubida joylashgan Rafah shahriga hujum boshladi, deya xabar berdi Newsru.co.il.

Xabarda aytilishicha, shahar aholisi va bu yerga ilgari ko‘chirilganlar evakuatsiya qilinmoqda. Ular Mauasi insonparvarlik zonasidagi muvaqqat lagerlarga joylashtirilmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rafah aholi soni — 1 million 400 ming kishi.

Shaharda HAMAS bo‘linmasining to‘rtta bataloni joylashgani aytilmoqda. Rafahdagi janglar kamida olti hafta davom etishi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring