Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki boshli va uchta qo‘lli bola dunyoga keldi

Ikki boshli va uchta qo‘lli bola dunyoga keldi

Foto: «Odisha TV»

Hindistonning Odisha (Orissa) shtati Kani qishlog‘ida yashovchi ayol xususiy tug‘ruqxonada ikki boshli va uch qo‘lli bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda «Odisha TV» telekanali saytida xabar berilgan.

Qiz Umakant Parida va uning rafiqasi Ambika xonadonida 11-aprel kuni tug‘ilgan.

Bolani dunyoga keltirish uchun xususiy shifoxonadagi tibbiyot xodimlari onada kesarcha kesish amaliyotini amalga oshirdilar. Shundan so‘ng u tuman shifoxonasiga o‘tkazildi.

«Chaqaloq ikkala og‘zida ovqatlanib, ikkala burni bilan nafas olmoqda. Aftidan, ular opa-singil bo‘lib, uch qo‘l va ikki oyoq bilan bitta tanaga birlashib ketgan», — deydi Tuman pediatri, doktor Debashis Saxu.

Hozir bola o‘zini yaxshi his qilmoqda. U ixtisoslashtirilgan davolanish uchun Kattak shahridagi Sardar Vallabxai Patel nomidagi pediatriya institutiga o‘tkazildi.

Otasi qizini davolash uchun davlatdan yordam so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring