Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda so‘nggi 40 yildagi eng ko‘p yomg‘ir yog‘di — qurbonlar soni 140 nafarga yetdi

Hindistonda so‘nggi 40 yildagi eng ko‘p yomg‘ir yog‘di — qurbonlar soni 140 nafarga yetdi

Foto: «TK Media»

Hindistonda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida qurbonlar soni 140 nafarga yetdi. O‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy OAVlarga asoslanib «Euronews» xabar berdi.

Qutqaruvchilar aholini ko‘chirishni davom ettirmoqda — eng ko‘p jabr ko‘rgan pastqamlikda joylashgan hududlardan qabul markazlariga qariyb 85 ming kishi olib kelindi.

Maharashtra shtatiga so‘nggi kunlarda musson yog‘inlari yopirildi — yaqin 40 yilda bunaqasi bo‘lmagan. Ayrim tumanlarda yog‘in qalinligi ikki sutka davomida 40–60 santimetrgacha yetgan. 50 dan ziyod qishloq batamom suvga cho‘kkan, mamlakatdagi eng yirik shaharlardan biri, shtat markazi Mumbayda kuchli sel kuzatildi. Ko‘plab daryolar o‘zaniga sig‘may ketgan, transport qatnovi izdan chiqqan. To‘g‘onlar uchun xavf paydo bo‘lgani bois ayrim suv omborlari suvi oqizib yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring