Hindistonda 16 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida kamida 16 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi. Odamlar nimadan o‘lgani hozircha aniqlangan emas.
Xabarga ko‘ra, bakteriyalar yoki viruslar ehtimoli hozircha inkor etilmoqda, biroq toksikologik tahlil bir nechta biologik toksinlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Vafot etgan 16 kishi — o‘zaro qarindosh uch oilaning a’zolari.
Sirli o‘lim alomatlari — bezgak tutishi, og‘riq, ko‘ngil aynishi va o‘lim oldidan hushdan ketish.
Mahalliy hukumat karantin e’lon qildi, deb yozdi Hindustan Times. O‘lganlarning uylari tamg‘alab qo‘yilgan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter