Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS sulhga rozi, ammo Isroil endi qaytmoqchi emas

HAMAS sulhga rozi, ammo Isroil endi qaytmoqchi emas

HAMAS guruhi rahbariyati guruh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlarini qabul qilganini aytdi.

Guruh o‘z qarori haqida Qatar va Misr vositachilarini xabardor qilganini bildirgan.

Tafsilotlar, jumladan, sulh muddati va uning G‘azoda garovga olinganlarga ta’siri qanday bo‘lishi hali e’lon qilinmagan.

Isroil avvalroq quruqlikdagi operatsiya oldidan falastinliklarni sharqiy Rafahni tark etishga chaqirgan edi.

Misr matbuotining xabar berishicha, sulh muzokaralari yakshanba kuni XAMASning qurolli qanoti zimmasiga olgan raketa hujumida to‘rt nafar isroillik askar halok bo‘lganidan keyin to‘xtab qolgan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil qo‘shinlari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Rafahga kirishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Isroilga qurol yuborishni to‘xtatgani ma’lum bo‘lgandi. Bosh vazir Binyamin Netanyahu Isroil har qanday vaziyatda urushni davom ettirishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Rafah shahri aholisini hududni tark etib, «kengaytirilgan gumanitar hudud»ga o‘tishga chaqirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring