Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyalik milliarder Ispaniya ustidan g‘alaba uchun 10 million dollar va’da qildi

Gruziyalik milliarder Ispaniya ustidan g‘alaba uchun 10 million dollar va’da qildi

«Gruzin orzusi» partiyasi asoschisi va faxriy raisi Bidzina Ivanishvili Gruziya milliy futbol jamoasini Yevropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi, deyiladi hukmron partiyaning yozma bayonotida.

«Shu bilan birga, Bidzina Ivanishvilining tashabbusi bilan 1/8 finalda, Ispaniya bilan uchrashuvda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqqan taqdirda Gruziya terma jamoasi mukofot sifatida qo‘shimcha 30 million lari (qariyb 10 million dollar) oladi.

«Gruzin orzusi» faxriy raisi futbol jamoasidagi har bir futbolchiga, murabbiylar shtabi va gruziyalik muxlislarga ushbu tarixiy g‘alabasi uchun minnatdorchilik bildiradi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati guruh bosqichining uchinchi o‘yinida Gruziya terma jamoasi Portugaliya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi va tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi birinchi golni o‘yin boshlanganidan keyin ikkinchi daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya kiritgan bo‘lsa, ikkinchi, ikkinchi bo‘limda Georgiy Mikutadze penaltidan gol urdi.

30-iyun kuni Gruziya 1/8 finalda Ispaniya bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, Ivanashvilining boyligi qariyb 5 milliard dollarni tashkil etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring