Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya prezidenti Merkelga vakolat muddati tugashi haqidagi xabarnomani topshirdi

Germaniya prezidenti Merkelga vakolat muddati tugashi haqidagi xabarnomani topshirdi

Foto: «Rbc.ru»

Angela Merkelga Germaniya kansleri lavozimidagi muddati tugagani haqida rasmiy xabar berildi. Bu haqda rasmiy marosimdan olingan videoni e’lon qilgan RIA Novosti yozmoqda.

Hujjatni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirdi. Endi Merkel rasman o‘z lavozimini tark etdi. Lekin yangi kansler saylangunga qadar vaqtincha uning vazifasini bajarib turadi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi kansler Germaniya sotsial-demokratik partiyasi rahbari Olaf Shols bo‘ladi. Uning partiyasi 26-sentyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda 25,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Konservativ blok Xristian ijtimoiy ittifoqi atigi 24,1 foiz ovoz to‘pladi.

SPD rahbari Olaf Shols Rojdestvo oldidan koalitsiya tuzish haqida kelishib olishni rejalashtirmoqda. Ayni damda yangi hukmron koalitsiya hokimiyatga kelguniga qadar kansler vakolatlari Merkelda qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring