Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya prokuraturasi sobiq prezidentni qamashni so‘ramoqda

Fransiya prokuraturasi sobiq prezidentni qamashni so‘ramoqda

Foto: «AFP 2021 / Anne-Christine Poujoulat»

Prokuratura Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini 2012-yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirgani uchun 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘radi, deb yozadi «RIA Novosti».

Sarkozining prezidentlik saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ manbalari bo‘yicha sud jarayoni shu yilning mart oyida boshlangan. O‘shanda sudlanuvchilar ulardan birining advokatiga COVID-19 tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgani bois sud majlisini keyinga qoldirishni iltimos qilishgan.

Prokuratura Sarkozining saylovoldi shtabi Bygmalion PR-agentligi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda soxta hisob-fakturalardan foydalanib, saylov kampaniyasining ortiqcha xarajatlarini qoplagan deb da’vo qilmoqda. Ushbu agentlik siyosatchining saylov kampaniyasini axborot bilan ta’minlash ishlari bilan shug‘ullangan.

Sobiq davlat rahbarining o‘zi aybsizligini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring