Filippinning sobiq prezidenti hibsga olindi

Filippinning sobiq prezidenti, 80 yoshli Rodrigo Duterte Xalqaro jinoyat sudi orderiga muvofiq Manila aeroportida hibsga olindi. Bu haqda mamlakat prezidenti ofisiga asoslanib Manila bulletin nashri xabar berdi.
Duterte samolyotda Gonkongdan uchib kelganida qo‘lga olingan. U «narkojinoyatchilikka qarshi urush» ochgan paytida insoniylikka qarshi sodir etilgan jinoyatlarda ayblanmoqda.
E’tiborli tomoni, Rodrigo Duterte prezidentligi davrida (2016–2022) Filippin Xalqaro jinoyat sudini ta’sis qilgan Rim statutini tark etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter