Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on G‘arb davlatlariga murojaat qildi

Erdo‘g‘on G‘arb davlatlariga murojaat qildi

Qo‘shma Shtatlar va G‘arb davlatlari BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiyasini bajarishi uchun Isroilga bosim o‘tkazishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muzokaralar yakunida ma’lum qildi, deya xabar beradi TRT Xaber.

Erdo‘g‘on Isroilning G‘azodagi hujumlaridan voz kechib, mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlovchi kelishuvga erishishiga umid bildirdi. Turkiya rezolyusiya ijrosini yaqindan kuzatib borishini ta’kidladi.

13-iyun kuni ertalab HAMAS harakati AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan bildirilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish haqidagi so‘nggi taklifiga ijobiy javob berganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, G‘azoda urush boshlangandan buyon Turkiya Isroilni faol tanqid qilmoqda. Hatto ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari butkul to‘xtatildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring