Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Ittifoqi va AQSh «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi

Yevropa Ittifoqi va AQSh «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi

Yevropa Ittifoqi va AQSh rivojlanayotgan mamlakatlarga 2035-yildan boshlab yiliga $300 mlrd iqlim ko‘magi berishga tayyor. Bokuda iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan sammitda shunga kelishilgan, deya xabar berdi Reuters.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va AQSh 300 mlrd dollarga kelishgan, qolaversa, Avstraliya va Buyuk Britaniya ham rozi. Biroq Shveysariya, Yaponiya va Yangi Zelandiya kelishuvni paysalga solyapti.

Hozircha AQShning keyingi harakatlari mavhum. Chunki yanvarda hozirgi demokratlar o‘rnini respublikachi Donald Tramp egallaydi. Uning birinchi prezidentlik davrida AQSh Parij iqlim kelishuvidan chiqib ketgandi. Aksariyat mamlakatlarning taxminicha, Tramp rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlimiy o‘zgarishlar oqibatlariga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zmoqchi emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring