Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Demensiyaga chalinishlar soni uch baravar ko‘payadi — JSST

Demensiyaga chalinishlar soni uch baravar ko‘payadi — JSST

Demensiya Bryus Uillisdek kinoyulduzning hayotini barbod qildi.

Foto: Dzen

CNBC Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib xabar berishicha, yaqin yillarda demensiyaga chalinishlar soni tinmay o‘sishda davom etadi.

Ma’lumot uchun: demensiya — orttirilgan aqliy zaiflik. Ilgari olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarning u yoki bu darajada yo‘qolishi bilan aqliy faoliyatning doimiy pasayishi. Ko‘pincha, bu holat keksalik davrida kuzatiladi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, orttirilgan aqliy zaiflikka chalinganlar soni 2023-yilda 55 mln kishini tashkil etgan, 2050-yilga borib bunday kishilar soni 139 mln nafarga yetadi.

2050-yilda jahonda 65 yoshlilar va undan kattalar soni hozirgiga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 2,1 mlrd nafarni tashkil etadi. Shuning barobarida demensiyaga chalinuvchilar soni karrasiga oshadi.

Shifokorlar orttirilgan aqliy zaiflik asab tizimini tinmay yemirib, miyaga zarar yetkazuvchi qator kasalliklar sababli paydo bo‘lishini ta’kidlashadi. Dunyoda o‘limga eng ko‘p sabab bo‘luvchi omillar orasida demensiya yettinchi o‘rinda turadi. Har yili qariyb 10 million kishi demensiyaga chalinganlar ro‘yxatini to‘ldiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring