Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Damashqda komendantlik soati bekor qilindi

Damashqda komendantlik soati bekor qilindi

Foto: AP

Bir kun avval Suriya muxolifati Damashq va uning atrofida «poytaxtning markaziy mahallalarida ommaviy talon-toroj qilishni to‘xtatish» maqsadida joriy qilgan komendantlik soati bekor qilindi.

Damashqda hayot asta-sekin normal holatga qaytmoqda, ba’zi do‘konlar va bozorlar qayta ochilmoqda. Banklar va davlat idoralari xodimlari ishga qaytishdi.

Suriya muvaqqat bosh vaziri Muhammad al-Bashir minglab fuqarolar urushidan qochgan xorijdagi suriyaliklarni vatanlariga qaytishga chaqirdi.

Biroq Xalqaro Qutqaruv Qo‘mitasi (IRC) mamlakat ichidagi vaziyat hanuz og‘irligicha qolayotgani haqida ogohlantirmoqda.

Ammo bir necha Yevropa davlatlari suriyaliklarga boshpana berishga doir so‘rovlarni to‘xtatishga shoshilmoqda.  Bunga munosabat bildirar ekan, IRC matbuot kotibi Marta Velander «Suriyadagi yangi voqelik odamlarga o‘z hayotlarini tiklashga imkon beradimi yoki bundan ham jiddiy inqiroz oldindami, buni ko‘rish kerak»ligini aytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring