Chad prezidenti saroyiga jangarilar hujum qildi

«Boko Haram» jangarilari Chad poytaxti Njamenadagi prezident saroyiga hujum qildi, deb xabar berdi 8-yanvar kuni Al Arabiya telekanali.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada jangarilardan 18 kishi va hukumat xavfsizlik xizmatidan bir kishi halok bo‘lgan.
Hujum mamlakat qurolli kuchlari tomonidan qaytarildi, vaziyat hukumat qo‘shinlari nazorati ostida, deyiladi xabarda.
Chad prezidenti Mahamat Debi hujum chog‘i saroy binosida bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter