Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budapeshtda so‘nggi 11 yildagi eng yirik suv toshqini kutilmoqda

Budapeshtda so‘nggi 11 yildagi eng yirik suv toshqini kutilmoqda

Foto: Topor Live

Budapeshtda bugun, 21-sentyabr kuni Dunay daryosi sathi 8,5 metrgacha ko‘tarilishi kutilmoqda, bu me’yordagidan taxminan 5 metr yuqori, deb xabar berdi Infostart nashri.

Vengriya suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbari Ishtvan Langning aytishicha, shanba kuni kechga qadar Dunay sathi yana 50 santimetrga ko‘tariladi va shundan so‘ng suv chekinishni boshlaydi.

Index portali ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 10 yilda daryo sathi 6 metrdan yuqoriga ko‘tarilmagandi. Oldingi «rekord» 2013-yilda Vigado maydonida qayd etilgan, o‘shanda Dunay sathi 891 santimetrga yuqorilagandi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari sertalafot suv toshqinlari bilan kurashmoqda. Xususan, Dunay o‘zanidan chiqib ketib, Budapeshtdagi mashhur parlament binosini suv bosgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring