Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyalik mashhur aktrisa olamdan o‘tdi

Britaniyalik mashhur aktrisa olamdan o‘tdi

«Garri Potter» filmi va «Daunton abbatligi» serialidagi rollari bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Meggi Smit vafot etdi. U 89 yoshda edi.

«Garri Potter» filmi franshizasida professor Makgonagal roli bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Meggi Smit 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. U Londonning Chelsi va Vestminster shifoxonasida vafot etdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisaning o‘limi haqidagi ma’lumotni uning o‘g‘illari Kris Larkin va Tobi Stivens qo‘shma bayonotda tasdiqlashgan. Undan ikki o‘g‘il va besh nabira qolgan. 

Meggi Smit 1934-yil 28-dekabrda Esseks grafligining Ilford shahrida tug‘ilgan. Aktrisa kinodagi debyutini Say Endfildning 1956-yilda suratga olingan «Uydagi bola» filmida qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring