«Breksit»dan so‘ng birinchi marta Britaniya bosh vaziri YeI sammitida qatnashdi

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuviga kutilmaganda Kir Starmer tashrif buyurdi. Bu haqda BILD xabar berdi.
Britaniya bosh vaziri mudofaa masalalarida hamkorlik o‘rnatmoqda.
«Biz NATOni qo‘llab-quvvatlash uchun YI va Buyuk Britaniya o‘rtasida olamshumul sheriklikka asos solmoqchimiz», — deb bayonot berdi Starmer.
Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshtaning aytishicha, may oyida Buyuk Britaniyada qo‘shma sammit o‘tkazilib, Putinning tajovuzkor xatti-harakatlaridan himoyalanish muhokama qilinadi. Starmer ham Yevropa Rossiya tomonidan bo‘ladigan qo‘poruvchiliklardan himoyalanishi shart deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter