Braziliyalik er-xotin rekordchiga aylanishdi
![Braziliyalik er-xotin rekordchiga aylanishdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/920__95_3958209590.jpg)
Braziliyalik 105 yoshli Manoel Angelim Dino va 101 yoshli Mariya de Souza Dino eng uzoq davom etgan nikoh rekordini o‘rnatishdi. Ular 84 yilu 77 kundan beri birga yashab kelmoqda. Bu haqda Ginnes rekordlar kitobi saytida xabar berildi.
Manoel va Mariya 1936 yilda tanishishgan. Manoel Mariya yashaydigan shaharga an’anaviy shirinlik – rapadura olib ketish uchun kelgan. Ular ilk bor o‘sha paytda uchrashishgan.
1940 yilda ular yana tasodifan uchrashib qolishgan. Shunda Manoel Mariyani uchrashuvga taklif qilgan va o‘sha yilning o‘zida ular turmush qurishgan. Er-xotin Manoel o‘z qo‘li bilan qurgan uyda yashab, tamaki yetishtirish bilan shug‘ullangan.
Ular birgalikda 13 nafar farzandli, 55 nafar nabira, 54 nafar evara va 12 nafar chevarali bo‘lishdi.
Uzoq va mustahkam nikohning sirini so‘raganlarida, Mariya shunday javob beradi: «muhabbat».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter