Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarus mustaqilligini saqlash uchun Rossiyadan imtiyozli narxda neft olishga rozi bo‘lmadi — Mutaxassis

Belarus mustaqilligini saqlash uchun Rossiyadan imtiyozli narxda neft olishga rozi bo‘lmadi — Mutaxassis

Belaruslik siyosiy sharhlovchi Artem Shraybman nima sababdan rasmiy Minsk Rossiyadan neft va gaz sotib olishda imtiyozli narxdan voz kechganini tushuntirdi.

Uning ta’kidlashicha, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko uchun Rossiya bilan integratsiya qilish g‘oyasi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. «Belarus manfaati nuqtai-nazaridan olib qaraganda, bu — yirik g‘alaba. Chunki mamlakat o‘z mustaqilligini yo‘qotish xavfidan uzoqlashdi», — deydi Artem Shraybman.

Shu bilan birga mutaxassis neft va gazga bo‘lgan imtiyozli narxdan voz kechish mamlakat iqtisodini sog‘lomlashtirishini ta’kidlagan. U imtiyozli narxni xuddi narkotikka o‘rganib qolish bilan tenglashtirgan. «Nimagadir o‘rganib qolishdan asta-sekin uzoqlashish odatda foydali bo‘ladi. Endi hukumat bozor munosabatlariga ko‘proq e’tibor beradi», — deya aytib o‘tdi Shraybman.

Uning fikricha, endi Minsk va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar pragmatik ko‘rinish oladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 fevralda Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Krutoy Rossiyadan olinadigan neft va gaz uchun hech qanday imtiyoz kerak emasligi haqida bayonot bergan edi. Minsk har qanday xaridni jahon bozori narxida amalga oshirmoqchi.

Ayni vaqtda Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida neft xaridi bo‘yicha muzokara o‘tkazilayotgani xabar qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring