Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baydenni tabriklash va Tramp bilan xayrlashishga shoshilmaslik uchun yaxshi sabab

Baydenni tabriklash va Tramp bilan xayrlashishga shoshilmaslik uchun yaxshi sabab

Foto: «Reuters»

OAVlarning yozishicha, AQShning amaldagi prezidenti (hozircha) Donald Trampda Jo Baydenning inauguratsiyasini buzish uchun «yuz minglab dalillar» bor.

Agarda saylovchilar hay’ati 14-dekabr kungi yig‘ilishida AQSh prezidentligi uchun saylovda Jozef Bayden g‘alaba qozonganini rasman e’lon qilsa, Donald Tramp 2024 yilgi saylovga hozirlik ko‘rishni boshlaydi, deyiladi xabarda.

E’tiborli jihati, Tramp ushbu bayonotni 2021-yilning-20 yanvariga — Jo Baydenning inauguratsiyasi bilan bir kunga belgilagan.

Manbaga ko‘ra, ushbu omilni inobatga olgan aksariyat amaldorlar Donald Tramp bilan orani buzmaslik, to‘g‘rirog‘i mansab kursilarini 2024-yilda ham saqlab qolish ilinjidalar.

Hozircha ushbu axborotga Tramp kampaniyasi ham, Oq uy ham munosabat bildirgan emas.

Eslatib o‘tamiz, demokrat Bayden saylov yakuniga ko‘ra 306 ovoz bilan (Trampda 232 ovoz) prezidentlik poygasida g‘olib chiqqandi. Shu paytga qadar ko‘plab xorijiy davlatlar rahbarlari uni tabriklashga ulgurishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring