Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayol noto‘g‘ri ukol qilgani uchun qamoqqa tushdi

Ayol noto‘g‘ri ukol qilgani uchun qamoqqa tushdi

Foto: «pixabay.com»

AQShda mijoziga noqonuniy kosmetologik in’yeksiya qilgani va bu uning o‘limiga olib kelganligi sababli ayol besh yilga qamaldi. Bu haqda «ABC News» xabar bermoqda.

1-aprel kuni dallaslik 49 yoshli Nitika Deonte Li 2015-yilda tungi klub raqqosasi Dayshi Fillipsning o‘limi tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi. Li 22 yoshli mijozning dumg‘azasiga suyuq silikon yuborgan. To‘rt kundan so‘ng silikon qonga tushib, o‘pkada tiqilib qolishi natijasida mijozi vafot etgan.

Ilgari talonchilik va o‘g‘rilik uchun qamalib chiqqan Liga Fillipsning o‘limidan bir necha oy o‘tgach ayblov e’lon qilingan. Biroq besh yil davomida u jazodan qochib yurgan. U ma’lum vaqt Meksikada yashagan. 2020-yil iyul oyida Dallas politsiyasi tomonidan hibsga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring