Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Arabcha snos»: BAAda to‘rtta osmono‘par bino bir paytning o‘zida portlatildi (video)

«Arabcha snos»: BAAda to‘rtta osmono‘par bino bir paytning o‘zida portlatildi (video)

Foto: «Khaleej Times»

Birlashgan arab amirliklari poytaxti Abu-Dabida tumanni rekonstrutsiya qilish loyihasi doirasida to‘rtta osmono‘par bino portlatish yo‘li bilan bir yo‘la qulatildi. Bu haqda «Khaleej Times» nashri xabar berdi.

Ushbu portlatish boshqariladigan eng xavfsiz va katta portlash sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi.

«Meena Plaza Tower» majmuasining to‘rtta binosi «snos»ga tushgandi. Ularning jami balandligi 144 qavatni tashkil etardi. Aniqlik kiritilishicha, bu binolardan foydalanilmayotgan edi, ularning o‘rnida port tomon yo‘l tushadi.

Mahalliy hukumat vakillariga ko‘ra, portlatish xalqaro xavfsizlik standartlarining eng yuqori talablariga muvofiq uddalangan. Ana shu to‘rtta ulkan binoni qulatish uchun atigi 10 soniyacha vaqt sarflangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring