Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshini nishonladi

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshini nishonladi

Jimmi Karter

Foto: BBC

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshini nishonladi va shu yoshgacha yashagan ilk Amerika prezidentiga aylandi.

Jimmi Karter yeryong‘oq yetishtiruvchi fermerlar oilasida 1924-yilning 1 oktyabrida tug‘ilgan. Siyosatga 1960-yillarda Jorjiya shtati senatori sifatida kirib kelgan, 1976-yilda Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yib, saylovda g‘alaba qozongan.

Jimmi Karter — AQShning 39-prezidenti.

Karter Oq uyda 1977–1981-yillarda faoliyat olib bordi, ikkinchi muddatda o‘rnini saqlab qololmadi, keyingi saylovda respublikachi Ronald Reyganga yutqazdi.

So‘nggi 19 oydan buyon Jorjiyadagi hospisda qo‘nim topganiga qaramay, sobiq prezident muomala layoqatini saqlab qolgan, tashriflardan xursand bo‘ladi. Hatto noyabrdagi saylovda Kamala Harrisga ovoz berishga ulgurishiga ham umid qilmoqda.

Jimmi Karter 2023-yil noyabrida 96 yoshida vafot etgan rafiqasi Rozalinning dafn marosimida oxirgi marta ommaga ko‘rinish bergandi.

Sobiq prezidentning 100 yilligi sharafiga u bilan 40 yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan Habitat for Humanity volontyorlari Minnesotada kam ta’minlanganlar uchun 30 ta uy qurishga va’da berishdi.

Jimmi Karter tug‘ilgan Pleyns shahrida esa uning 100 yilligi munosabati bilan 100 kishiga AQSh fuqaroligini berish marosimi o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring