Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh kontrrazvedkasi Rossiya va Xitoyni asosiy tahdid deya atadi

AQSh kontrrazvedkasi Rossiya va Xitoyni asosiy tahdid deya atadi

11-fevral kuni AQShning 2020-202- yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasi e’lon qilindi. Unda Rossiya va Xitoy tahdidlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Hujjat Kontrrazvedka va xavfsizlik milliy markazi tomonidan tuzilgan.

«AQShni nishonga olgan o‘yinchilar soni ko‘paymoqda. Rossiya va Xitoy butun dunyoda AQShga qarshi  vositalardan foydalanmoqda, ular zamonaviy razvedkaga ega. Qo‘shma Shtatlarni dushmanlar qatoriga qo‘shuvchi o‘yinchilar soni esa ko‘paymoqda», deyiladi hujjatda.

Kuba, Eron, Shimoliy Koreya, «Hizbulloh» harakati, IShID va «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotlari, shuningdek transmilliy jinoiy tashkilotlar ham tahdidlar sirasiga kiritildi. 

«Ushbu o‘yinchilar tobora murakkab vositalardan foydalanmoqda. Biometrik qurilmalar, avtonom tizimlar, yuqori aniqlikdagi rasmlar, ilg‘or shifrlash va kuzatuv mexanizmlari, shuningdek ma’lumotlarni tahlil qilishga jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Texnologiyalar raqiblarga maqsadga erishish va raqobatchilariga bosim o‘tkazishda yangi imkoniyatlarni ochdi», deyiladi strategiyada.

AQSh va ittifoqchilar orasida ham jamoatchilik fikri ham tashqi ta’sirga duchor bo‘lishi mumkinligi aytilgan. 


Shu munosabat bilan hujjatda kurashning beshta maqsadini belgilangan:

- Infratuzilmani himoya qilish;
-asosiy zanjirlarga tahdidlarni kamaytirish;
-Amerika iqtisodiyotini ekspluatatsiya qilishga qarshi turish;
-Amerika demokratiyasini tashqi ta’sirlardan himoya qilish;
-tashqi razvedkaning kiber va texnik harakatlariga qarshi turish.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring