Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh eng xavfli mamlakatni ma’lum qildi

AQSh eng xavfli mamlakatni ma’lum qildi

Foto: «REUTERS / Andrew Kelly»

AQSh milliy razvedkasi boshlig‘i Jon Retkliff Xitoy Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy xavf ekanligini e’lon qildi, deb yozadi «Sargrad».

«Xitoy iqtisodiy, harbiy va texnologiya sohasida AQSh va boshqa davlatlar ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilyapti. Bu mamlakat Amerika iqtisodiyoti, mudofaa sanoati, texnologiyasi, shuningdek, so‘nggi 75 yil ichida demokratiya va erkinligiga katta xavf solmoqda», — dedi milliy razvedka rahbari «The Wall Street Journal»ga bergan intervyusida.

Buni qarangki, Retkliff Rossiyani asosiy xavf-xatar deb hisoblamaydi. Uning ta’kidlashicha, bunday fikr «siyosiylashtirilgan» va «professional hisoblanmaydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring