Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda bolalar ochlikdan o‘lishmoqda

Afg‘onistonda bolalar ochlikdan o‘lishmoqda

Foto: «Newsae.ru»

Afg‘oniston parlamenti sobiq deputati Muhammad Mohakikning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtning g‘arbiy qismida sakkiz bola ochlikdan o‘lgan. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

«Kobul g‘arbida ochlik va qashshoqlik sakkiz bolaning umriga zomin bo‘ldi», — dedi siyosatchi.

Shuningdek, u ushbu hududda hazaralar jamiyati istiqomat qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Mohakik hokimiyat tepasiga kelgan Tolibon harakati xalq uchun munosib turmush darajasini ta’minlamaganini qo‘shimcha qilib, xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston hazoralari va shialariga yordam berishga chaqirdi.

Sentyabr oyida BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Debora Layons xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonga moliyaviy yordam ko‘rsatmasa, mamlakatda katta ocharchilik boshlanishidan ogohlantirgan edi. Uning ta’kidlashicha, xorijiy davlatlar milliardlab dollarlik moliyaviy aktivlar va donorlik mablag‘larini Tolibonga bermaslik uchun Afg‘onistonni to‘sib qo‘ygandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring